Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshon daryosi zaharlandi

Zarafshon daryosi zaharlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon daryosi zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xabarlarga oydinlik kiritish bo‘yicha holat o‘rganilganda Zarafshon daryosida baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlangan.

Nobud bo‘lgan baliqlar daryodan yig‘ib olinib, viloyat Ekologiya boshqarmasining Atrof-muhitni ifloslanishini monitoring qilish  bo‘limi xodimlari, «Navoiy IES» AJ hamda «Navoiyazot» AJ xodimlari bilan hamkorlikda daryoga tushuvchi  ikkita korxona tashlama suvlaridan va tuproqlardan namunalar olingan.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlari yakunlangandan keyin qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring