Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaporoje AES Rossiyaning yadroviy ob’yekti hisoblanadi – Kreml

Zaporoje AES Rossiyaning yadroviy ob’yekti hisoblanadi – Kreml

Ukraina Oliy Radasining energetik xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Viktoriya Grib Ukraina Zaporoje AES ustidan nazoratni qayta tiklashni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan va bunda Rossiya mazkur qadamga qanday shartlar asosida rozi bo‘lishini taxmin qilolmasligini aytgan edi.

Bir muddat o‘tib esa Tramp Zaporoje AESni AQSh mulkiga o‘tkazish mumkinligi haqida bayonot bilan chiqdi. Xususan, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio va milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Mayk Uols Oq uy rahbarining so‘zlariga qo‘shimcha qilib, AESni AQSh mulkiga aylantirish Ukraina energetika infratuzilmasini himoya qilishning eng yaxshi usuli bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

Rossiya TIV esa Zaporoje AESning kelajagi bilan bog‘liq OAV xabarlari yuzasidan bayonot berib, Zaporoje AES Rossiyaning yadroviy ob’yekti ekanligini bildirdi.

«2022 yil sentyabr oyining oxirida bo‘lib o‘tgan referendumlardan so‘ng Lugansk va Donetsk respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlari Rossiya Federatsiyasining tarkibiga to‘liq kirgan. Prezidentning 2022 yil 5 oktyabrdagi 711-sonli Farmoni bilan esa Zaporoje AESning Rossiya yurisdiksiyasi ostidagi ob’yekt sifatidagi maqomi belgilab qo‘yilgan», – deyiladi bayonotda.

Shu bilan birgalikda, ZAESning Ukraina yoki boshqa davlatga topshirish hamda uni boshqa bir davlat bilan birgalikda ekspluatatsiya qilish mumkin emasligi ta’kidlanadi.

Ma’lumot uchun, Zaporoje AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi hisoblanadi. Stansiyada har biri 1 gigavatt quvvatga ega oltita energiya bloki mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring