Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ar-Riyodda AQSh va Rossiya muzokarasining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

Ar-Riyodda AQSh va Rossiya muzokarasining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida AQSh va Rossiya rasmiylari o‘rtasida yopiq tarzdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Al Arabiya» telekanali ma’lum qildi.

Muzokarada Rossiya tomonidan senator Grigoriy Karasin va Rosiiya federal xavfsizlik xizmati direktori maslahatchisi Sergey Beseda ishtirok etgan. Uchrashuvda tomonlar Rossiya don mahsulotlarini BMT va Turkiya vositachiligida qora dengiz orqali Ukrainaga eksport qilish imkonini beruvchi 2022-yildagi bitimini qayta ko‘rib chiqdi. Bu orqali Rossiya g‘arb sanksiyalaridan qisman ozod bo‘lmoqchi. Muzokarada Putin nomidan Trampga maxsus sovg‘a berilgani ham ma’lum qilindi.

«Bu prezident Trampning taklifi edi va Putin bu taklifga rozi bo‘ldi. Mana shu sabab delegatsiyamiz Ar-Riyodga bordi», – dedi Kreml matbuot kotibi Peskov.

Shuningdek, tomonlar uchrashgan mehmonxonada Ukraina delegatsiyasi ham joylashgan. Ma’lumot uchun kuni kecha AQSh va Ukraina o‘rtasida ham uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring