Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda koreyalik firibgar odamlarni aldab yuribdi

Yurtimizda koreyalik firibgar odamlarni aldab yuribdi

Foto: «Tergov.uz»

2020-yilning oktyabr oylarida Koreya Respublikasi fuqarosi 59 yoshli Kim Yeon Sun Toshkent shahri Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasida joylashgan vaqtincha yashash xonadonida bo‘la turib, 37 yoshli Sanjar X.ning ishonchiga kirib, uni Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilgan va jami 57 000 AQSh dollar pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan olib, bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Kim Yeon Sunga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring