Yakkasaroyda birovdan muntazam pul undirib kelgan shaxs qo‘lga olindi
14-dekabr kuni 27 yoshli A.I. Yakkasaroy tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qildi.
Unda 21 yoshli J.Z. uni sha’niga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmasligi evaziga 5.000.000 so‘m talab qilganini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Joriy yilning 14-dekabr kuni A.I.,ning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida J.Z. Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasida joylashgan CONTINENT nomli supermarketi oldida A.I.,dan 100 AQSh dollari va 500.000 so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan J.Z.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, J.Z. oldin xam A.I.ning sha’niga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmasligi evaziga A.I.,dan tovlamachilik yo‘li bilan 4.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni olganligi, bundan tashqari uning boshqa xarajatlari uchun pul to‘lab kelganligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter