Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yuridicheskiy»ga kiritib qo‘yishni 30 ming AQSh dollariga baholagan ayol niyatiga yetolmadi

«Yuridicheskiy»ga kiritib qo‘yishni 30 ming AQSh dollariga baholagan ayol niyatiga yetolmadi

Foto:«Asr.uz»

12-iyul kuni IIV huzuridagi Tergov departamentidan kelib tushgan hujjatlar to‘plami ko‘ra,  25-iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 54 yoshli X.A. ismli ayol 44 yoshli M.G. ismli ayolning o‘g‘lini Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da bergan. Hizmat haqqiga 30 000 AQSh dollari talab qilgan. Natijada kelishilgan pulning hammasini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring