Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusoboddagi suv toshqini sababi ma’lum qilindi

Yunusoboddagi suv toshqini sababi ma’lum qilindi

Poytaxtning Yunusobod tumani 5, 6, 7 dahalarida texnogen suv bosish hodisalari kuzatilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqaldi.

«Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ ma’lum qilishicha, Yunusobod tumani, Moyqo‘rg‘on ko‘chasi va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasida d1200mm  katta suv o‘tkazgich tarmoqda nosozlik vujudga kelgan.

Shu sababli, Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor ko‘chalari, G‘ishtqo‘rg‘on ko‘chalari, Astrabod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shu bilan birga ushbu hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv bo‘lmaydi.

Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring