Yuk mashinasi ishtirokida YTH: 20 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi jarohat oldi

Xitoyning shimolida ko‘mir qazib olish kompaniyasining yuk mashinasi avariyaga uchrashi oqibatida 20 nafar ishchi halok bo‘ldi, yana kamida 30 nafari jarohatlandi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
YTH bugun, 23-fevral kuni soat mahalliy vaqt bilan 8:20da yuz bergan. Yuk mashinasi Shilin-Gol hududida ishchilarni shaxtaga olib ketayotgan bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, mashinaning tormozi ishlamay qolgan va boshqaruvni yo‘qotib, qoyaga urilgan.
Hodisa oqibatida 15 kishi voqea joyida, 1 nafari yo‘lda tez yordam mashinasida, yana to‘rttasi shifoxonada halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter