Yuk mashinadagi 39 vetnamlik o‘limida 7 kishiga ayblov e’lon qilindi
Vetnamning Xatin provinsiyasi politsiyasi Buyuk Britaniyada 39 nafar vetnamlikning o‘limidan so‘ng noqonuniy migratsiya tashkiloti va vositachiligi bilan shug‘ullangan 7 nafar kishiga ayblov e’lon qildi, deya xabar berdi «Vietnam News» agentligi.
«VnExpress» nashrining yozishicha, ayblanuvchilardan olti nafari allaqachon qo‘lga olingan, faqat bir kishiga xalqaro qidiruv e’lon qilingan. Ayni vaqtda u Xitoyda yashirinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchilar o‘z faoliyati davomida 60 dan ortiq kishini Yevropa va Buyuk Britaniyaga noqonuniy yuborgan.
Esseks grafligi politsiyasi 23-oktyabr kuni Belgiyadan Buyuk Britaniyaga kelgan yuk mashinasidan 39 kishining murdasini topgan. Ularni dastlab Xitoy fuqarolari deb o‘ylashgan. Biroq keyinchalik vetnamlik ekanligi oydinlashdi. Politsiya bir nechta odamni, jumladan, yuk mashinasi haydovchisi – Shimoliy irlandiyalik 25 yoshli Moris (Mo) Robinsonni qo‘lga oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter