Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan mashinalar uchun tabaqalashtirilgan yig‘im joriy etiladi

Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan mashinalar uchun tabaqalashtirilgan yig‘im joriy etiladi

Ayrim transport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig‘im stavkalarini belgilash rejalashtirilmoqda. Bu masala Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilingan.

«2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida yashirin iqtisodiy faoliyatni mumkin qadar qisqartirish, tadbirkorlarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, shu orqali soliq bazasini kengaytirish, vazirlik va idoralarga ajratilishi ko‘zda tutilgan budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, ajratilgan mablag‘lar natijadorligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab taklif va tavsiyalar batafsil o‘rganilganligi, ularning aksariyati loyihada aks etgani deputatlar tomonidan e’tirof etilgan.

Loyihada yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransport vositalari uchun tabaqalashtirilgan yig‘im stavkalarini belgilash ko‘zda tutilgan. Bunda, yuk ko‘tarish quvvatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda yig‘im undirilishi nazarda tutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring