Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yu.A.Gagarin nomidagi SDTU – «Roskosmos»ning tayanch oliy o‘quv dargohi

Yu.A.Gagarin nomidagi SDTU – «Roskosmos»ning tayanch oliy o‘quv dargohi

Yu.A.Gagarin nomidagi Saratov davlat texnika universiteti – Rossiyaning eng yirik muhandislik universitetlaridan biri bo‘lib, «Roskosmos» Davlat korporatsiyasining 18 ta tayanch oliy o‘quv dargohlari qatoriga kiradi.

SDTU talabalari – maqsadli, istiqbolli, kelajakdagi muhandislikning eng sarasidir. Oliygohda 20 mingga yaqin talaba sifatli ta’lim olmoqda. Shu bilan birga, talabalar ta’lim, ilm-fan, ijodiy, sport va ijtimoiy hayotda yuqori cho‘qqilarni zabt etib, Rossiyadagi va xalqaro tanlovlar, intellektual musobaqalarda g‘alaba qozonib kelishmoqda.

Saratov davlat texnika universiteti – talabalar energetika, mashinasozlik, materialshunoslik va transport, elektron muhandislik va asbobsozlik, IT texnologiyalari va kommunikatsiyalari, fizika, shaharshunoslik, arxitektura, qurilish va iqtisodiyot sohalarida ta’lim oladigan butun boshli ilm-ta’lim korporatsiyasi hisoblanadi. Mashg‘ulotlar yuqori malakali o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, ular orasida 170 ta fan doktori va 470 dan ziyod fan nomzodlari mavjud. Oliy o‘quv dargohida siz ikkinchi oliy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishingiz va texnika yo‘nalishi diplomi bilan birgalikda iqtisodchi, menejer, dasturchi diplomini olishingiz mumkin. Qo‘shimcha kasb-hunar ta’limi dasturlari, shu jumladan xorijiy hamkorlar uchun ham mavjud.

Xalqaro hamkorlik – Yu.A.Gagarin nomidagi STDUning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Universitet uzoq va yaqin xorijdagi hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, SDTU O‘zbekistonning uzoq yillik hamkori hisoblanadi. Universitet Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Samarqand davlat universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

2018 yildan boshlab Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan «Qo‘shma ta’lim» dasturi amalga oshirilmoqda, bugungi kunda dastur doirasida 63 nafar O‘zbekistonlik talaba yoshlar - Yu.A.Gagarin nomidagi STDUda tahsil olib kelishmoqda. Bundan tashqari, hamkorlik ilmiy yo‘nalishda O‘zbekiston va Rossiyaning Xalqaro konferensiyalarda birgalikdagi ishtiroki bilan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar abituriyentlarini: texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, mashinasozlik, mexatronika va robototexnika, radiotexnika, asbobsozlik, elektronika va nanoelektronika, o‘ziga hos bino va inshootlar qurilishi, temir yo‘llar, ko‘priklar, issiqlik energiyasi, elektrotexnika kabi eng zarur va dolzarb muhandislik yo‘nalishlari kutmoqda. Shuningdek amaliy matematika va informatika, texnik fizika, kimyoviy texnologiya, tizimlarni tahlil qilish va boshqarish kabi asosiy yo‘nalishlar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.

SDTU talabalari ixtiyorida ulkan baza mavjud. Universitet hududidagi talabalar shaharchasida o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, ijodiy maydonlar, «Roskosmos» talabalar markazi, «Qaynash nuqtasi», «Muzey maydon» madaniy-ma’rifiy markazi, basseyn va sport zallar, fitness-klub, 2 millionga yaqin, shu jumladan xorijiy tillardagi kitoblarga ega ilmiy kutubxonalar joylashgan.

Bugungi kunda universitetda dunyoning 38 mamlakatlaridan 500 nafardan ortiq chet ellik talabalar hamda 100 nafardan ortiq rus tili tinglovchilari tahsil olmoqda, ulardan 99 nafari O‘zbekiston fuqarolarini tashkil etadi. Ushbu talaba yoshlar uchun universitetda Xalqaro talabalar uyushmasi faoliyat yuritib, ijtimoiy-madaniy moslashuv dasturlarini amalga oshirilmoqda. Har bir chet el fuqarosi universitet yotoqxonasidan joy bilan ta’minlanadi.

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘limi chet ellik talabaga rus tili chet tili sifatida kurslariga kirishdan boshlab o‘qishning keyingi barcha bosqichlarida hamrohlik qiladi.

Yu.A.Gagarin nomidagi SDTU diplomi – bu raqobatbardosh va yuqori talabga ega bo‘lgan Rossiya va boshqa xorijiy davlatlar ish beruvchilari tomonidan mutaxassislarning doimiy ravishda yuqori sifatli tayyorgarligidan dalolat beradi.

Universitet sizni kutib qoladi va sizni o‘z auditoriyasida ko‘rishdan chin dildan mamnun bo‘ladi.

Universitet haqida batafsil ma’lumotni https://www.sstu.ru/ yoki https://en.sstu.ru/ veb-saytlarida topishingiz mumkin. Sizni qiziqtirayotgan savollarga Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassislari javob berishadi.

Telefon: +7 (8452) 99-87-44; e-mail: [email protected].

SDTU haqida qisqacha

Tashkil etilgan yili

1930

Talabalar soni

20000

Yotoqxona (joylar soni)

2128

O‘qish uchun to‘lov miqdori

 46920 rubldan 199820 rublgacha

Professor-o‘qituvchilar tarkibi (fan doktorlari va nomzodlari soni)

823 (170 fan doktori, 473 fan nomzodi)

Chet el fuqarolari uchun tayyorgarlik bo‘limi (mavzular)

rus tili chet tili sifatida

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring