YPX mayori qoidani buzib, "Tracker"ini piyodalar o‘tish yo‘liga qo‘ygani uchun jarimaga tortildi
Qo‘qon shahrida xizmat uchun biriktirilgan, 40 171 VSF davlat raqamli avtomobil piyodalar yo‘lagini to‘sib qo‘ygani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2023 yilning 20 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi 2-mintaqaviy hudud Yo‘l-patrul xizmati otryadi komandir o‘rinbosari mayor Sh.M. xizmatda foydalanish uchun o‘ziga biriktirilgan «Tracker» rusumli, davlat raqami 40 171 VSF bo‘lgan maxsus transport vositasini Qo‘qon shahar A.Navoiy ko‘chasida yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzib, piyodalar o‘tish joyida qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan mayor Sh.M.ga nisbatan shu kunning o‘zida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-moddasi prim 6-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (600.000 ming so‘m) jarimaga tortildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter