YPX mashinasi ortidan «Ford» kelib urdi
Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 13:00 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar hududidan o‘tgan M-37A avtomobil yo‘lining 43-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha, «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida haydovchi I.A. «Ford» rusumli yuk avtomobilini boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtab turgan haydovchi, YPX xodimi M.Rasulov boshqaruvidagi «Equinox» rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan.
To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik zarar yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter