Yozuvchilar uyushmasining hududiy bo‘limlariga 500 mln. so‘mdan mablag‘ ajratiladi
2018-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi imzolandi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga bir marta 500,0 mln. so‘mdan homiylik xayriyalari ajratilib, keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordami ko‘rsatiladi.
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari faoliyati O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi «Ijod» jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlariga ajratiladigan homiylik xayriyalari «Ijod» fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablag‘lar o‘rniga sarflanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi bo‘limlari rahbarlari homiylik xayriyalaridan tushadigan mablag‘lar maqsadli sarflanishiga shaxsan javobgar etib belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida nashr etiladigan «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi, «Sharq yulduzi» - «Zvezda Vostoka», «Jahon adabiyoti», «Yoshlik», «Amudaryo» jurnallari tahririyatlarining xarajatlarini (qog‘oz bilan ta’minlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda) o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining 2018 yil parametrlari doirasida «Ijod» fondiga 500,0 mln. so‘m mablag‘ ajratadi.
Homiylik xayriyalari ko‘rsatiladigan va homiy tashkilotlar ro‘yxati
T/r |
Homiylik xayriyalari ko‘rsatiladigan tashkilot nomi |
Homiy tashkilot nomi |
1. |
Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi |
«Qo‘ng‘irot soda zavodi» UK |
2. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyati bo‘limi |
«Andijon yog‘-moy» AJ |
3. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi |
«Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» UK |
4. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati bo‘limi |
«Nurli don» MChJ, «Bo‘ston olami» MChJ |
5. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Navoiy viloyati bo‘limi |
«Navbahor tekstil» MChJ, «Baxt tekstil» MChJ |
6. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Namangan viloyati bo‘limi |
«Namangan mintaqaviy paxta terminali» MChJ |
7. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limi |
«SamAvto» MChJ |
8. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi |
«Sirdaryo bozorsavdo» uyushmasi |
9. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi |
«Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport» MChJ |
10. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi |
«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ |
11. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi |
«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» UShK |
12. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limi |
«Urganch yog‘-moy» AJ |
13. |
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi |
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi» UK |
14. |
Teatr arboblari uyushmasi |
«G‘ijduvon paxta tozalash» AJ |
15. |
«Osiyo ramzi» dizaynerlar uyushmasi |
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi* |
* «Osiyo ramzi» dizaynerlar uyushmasiga bir marta 20,0 mln. so‘m homiylik xayriyalari ajratiladi va keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordami ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter