Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon vafot etdi

Yozuvchi Luqmon Bo‘rixon vafot etdi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 58 yoshida vafot etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Luqmon Bo‘rixon 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991). Dastlabki hikoyasi — «Begimqul katta» (1987). Shundan so‘ng yozuvchining «Yalangoyoq» (1991), «Sirli muallim» (2006), «Xizr ko‘rgan yigit» (2007) cingari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. «Jaziramadagi odamlar» (2005) romani muallifi.

Xabar.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring