Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTube dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

YouTube dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

Foto: Layfxaker

2005-yil 23-aprelda, roppa-rosa 20 yil muqaddam, “Men hayvonot bog‘ida” deb nomlangan 18 soniyali past aniqlikdagi video hozirda dunyodagi eng mashhur video platforma bo‘lgan YouTube ni jimgina ishga tushirdi.

U hozirda 355 milliondan ortiq ko‘rilgan. Unda servis asoschilaridan biri bo‘lgan 25 yoshli dastur muhandisi Javed Karim shunchaki orqasidagi fillarni ko‘rsatib, shunday deydi: “Bu bolalarning eng zo‘r tomoni shundaki, ularning chindan ham, chindan ham uzun tanasi bor”.

Karim internet tarixini yaratayotganiga shubha ham qilmadi - video YouTube boshlanishi va videokontentning yangi davri ramziga aylandi. 

Yigirma yil davomida 240p yoki 360p formatdagi videolar norma bo‘lgan. 

Xizmat hozirda 4K, 8K, HDR va hatto VR ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring