Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yotoqxonani bu rangga bo‘yamang! Stress va uyqusizlik sababchisi

Yotoqxonani bu rangga bo‘yamang! Stress va uyqusizlik sababchisi

Doktor Lindsey Brauning ta’kidlashicha, uxlashga xalaqit beruvchi omillardan biri — yotoqxonaning rangi.

Miyani faolroq ishlashga, insonni kurashishga undovchi, qolaversa, xatar alomati sanalgan qizil rang yotoqxonadan uzoqroq bo‘lgani ma’qul. Qizil rang stressga ham sabab bo‘lishi mumkin. Juda kuchli stress tana va miya holatiga zarar keltirishi fanda isbotlangan.

Mavzuga oid: Qizil likopchalar nega kerak?

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati stress alomatlari sifatida bosh aylanishi va og‘rishi, mushaklardagi og‘riqlar va zo‘riqishlar, ko‘krakdagi og‘riqlar, oshqozondagi muammolar va jinsiy hayotdagi muammolarni sanab o‘tgan.

Stress shunchalik zararli ekan, yotoqxona uchun qaysi ranglarni tanlash kerak? Doktor Brauning jigarrang, qo‘ng‘ir kabi neytral ranglarga urg‘u berishni tavsiya qilmoqda. Qolaversa, ko‘k rang ham xotirjam qilishini tadqiqotlar ko‘rsatgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring