Qaysi rangdagi avtomobillar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi

2024-yilda dunyoda qaysi rangdagi avtomobillar eng ommalashgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi yillarda avtohavaskorlarning didi o‘zgarishni boshlab, xilma-xil, ayniqsa, yorqin ranglar urfga kirmoqda, deb yozdi Motor1 sayti.
Oq — hamon eng ommalashgan avtorang bo‘lib qolmoqda, jahonda bu tusdagi mashinalarning ulushi — 34 foiz. Qora rang — ikkinchi (22 foiz), kulrang — uchinchi o‘rinda (17 foiz). Shuning barobarida, yashil, sariq va binafsharang kabi yorqin ranglar urfga kirmoqda.
Ranglar mintaqalarga qarab farqlanadi. Yevropada qaymoqrang avtomobillar ommalashgan, AQShda — kulrang, Janubi-Sharqiy Osiyoda qora rangli mashinalar ko‘paymoqda.
2024-yilda jahonda eng ommalashgan avtomobil ranglari:
- Oq — 34 foiz
- Qora — 22 foiz
- Kulrang — 17 foiz
- Ko‘k — 7 foiz
- Qizil — 4 foiz
- Yashil — 2 foiz
- Sariq — 1,5 foiz
- Jigarrang — 1 foiz
- Qaymoqrang — 1 foiz
- Binafsharang — 1 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter