Yoshlar ittifoqining yangi rahbari 4 maqsadni ma’lum qildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarish yuklangan Alisher Sa’dullayev yoshlar bilan ishlashdagi asosiy maqsadlarni e’lon qildi.
«Maqsadimiz aniq: Yoshlarimiz bilan 4ta asosiy tamoyillar, Ochiqlik (kadrlar va moliyaviy sohalarda), Muloqot (yoshlar xohish va takliflari), Doimiy izlanish, tahlil etish va rivojlanish (tashkilot zamon bilan hamnafas, yangilik va takliflarga doimo ochiq bo‘lishi) va eng muhimi yoshlarning ishonchini qozonib, ularning salohiyati va imkoniyatlarini vatanimiz rivoji yo‘lida ro‘yobga chiqarishda faoliyat olib borishini belgilab oldik.
Yuqoridagi Ochiqlik, Muloqot va Doimiy izlanish tamoyillariga amal qilgan holda, birinchi qadamni sizlarning taklif va tashabbuslaringizni o‘rganishdan boshladik.
Bu yo‘ldagi faoliyatimizda sizlarning — jamiyatdagi voqea va jarayonlarga befarq bo‘lmagan barcha-barcha, eng avvalo, turli qatlamga oid yoshlarning fikr-mulohazalari, takliflari juda muhim. Duch keladiganimiz sinovlarga, murakkab masalalarga yechim topishimizda, shu jumladan, ma’lum sohada tajriba to‘playotgan mutaxassislar, blogerlar va jurnalistlarga asosiy ko‘makchi sifatida qaraymiz», deb yozadi u o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter