Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh prokuror 770 milliardlik jamg‘armaga rahbar etib tayinlandi

Yosh prokuror 770 milliardlik jamg‘armaga rahbar etib tayinlandi

Foto: Xalqaro press-klub

Bunyod Bahromovich Bahrombekov yangi tuzilgan «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi ijrochi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Respublika bosh prokuraturasi xabar berdi.

«Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27 iyundagi farmoni bilan tuzilgan, unga bu yil uchun 770 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. 

Bunyod Bahrombekov 1986 tug‘ilgan, 2009 yili Milliy universitetni huquqshunos mutaxassisligi bilan tugatgan. Shu yili Hamza (Yashnobod) tuman prokuraturasida ish foliyatini boshlagan. 2014 yil Toshkent shahar prokuraturasida, 2015 yildan esa O‘zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

U 2018 yildan boshlab Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring