Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

«O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-303-son, 27.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Jamg‘arma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
  • Jamg‘arma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
  • Jamg‘arma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
  • Jamg‘arma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.

Jamg‘arma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o‘tkaziladigan korxona va tijorat banklarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.

Jamg‘armaning 2030 yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga ko‘ra dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring