Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in tufayli «Terminator» premerasi qoldirildi, Arnold Shvarsenegger esa uyini tark etdi

Yong‘in tufayli «Terminator» premerasi qoldirildi,  Arnold Shvarsenegger esa uyini tark etdi

Foto: «Wikinema.com»

Los-Anjelesda «Terminator. Qora qismat» filmi premerasi Kaliforniyada hammayoqning kulini ko‘kka sovurayotgan tabiiy ofat tufayli qoldirildi. Bu haqda «Paramount» kinostudiyasi xabariga tayanib «CNN» ma’lum qildi.

Film 28-oktyabr kuni namoyish etilishi hamda yulduzli aktyorlar tarkibi, jumladan, Arnold Shvarsenegger, Linda Xemilton va Makkenzi Devisning qizil yo‘lakchaga chiqishi rejalashtirilgan edi.

Biz marosimga ajratilgan taomni yong‘indan aziyat chekkan kishilarga yordam ko‘rsatayotgan Amerika Qizil Xoch tashkilotiga yuboramiz, — deyiladi kinokompaniya xabarnomasida.

Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger «Tvitter»da xabar berishicha, yong‘in tufayli o‘z uyini tashlab chiqib ketgan. Shuningdek, u barchani xavfli hududni tark etishga chaqirgan.

28-oktyabr kuni kechasi shtatda yong‘in kelib chiqqan. U «Getti» laqabini oldi. Negaki yong‘in «Getti» muzey kompleksi yonida «quturyapti». Majburiy evakuatsiya hududida taxminan 3,3 mingta uy joylashgan. Alanga 160 gektar maydonni qurshab olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring