Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil so‘zi. Oksford lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

Yil so‘zi. Oksford lug‘ati yil so‘zini e’lon qildi

Mazkur atama yosh avlod ta’sirida vujudga kelgan madaniy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlarni anglatadi

Foto: «The Telegraph»

Oksford lug‘ati «youthquake» so‘zini yil so‘zi deb e’lon qildi. «Oxford University Press» saytida aytilishicha, mazkur atama yosh avlod ta’sirida vujudga kelgan madaniy, siyosiy, ijtimoiy o‘zgarishlarni anglatadi.

Ma’lum bo‘lishicha, «youthquake» so‘zi 2016 yilga nisbatan 2017 yilda 5 barobar ko‘p foydalanilgani bois, yil so‘zi sifatida tanlangan. Ilk bor bu so‘z 1965 yilda «Vogue» nashri muharriri Diana Vriland tomonidan ishlatilgan.

Shuningdek, yil so‘zi bo‘lishga «Antifa» (antifashistlar harakati), «Broflake» (konservator, hayotga nisbatan zamonaviy qarashlarni haqorat qiluvchilar), «Gorpsore», «Kompromat», «Newsjasking», «White fragility» kabi atamalar ham da’vogarlik qilgan.

Eslatib o‘tish kerak, 2016 yilda «haqiqat posti» («post-truth») atamasi yil so‘zi deb topilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring