Yashnobod tumani kompleks rivojlantiriladi
Toshkent shahridagi Yashnobod tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, «2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi» tasdiqlanadi.
Dasturga muvofiq, tumanda yo‘l-transport infratuzilmasi, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash, sport ob’yektlari va madaniyat markazlari faoliyatini yaxshilashga doir 53 ta loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarga davlat budjetidan jami 368 012,9 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, tumanda joylashgan 29-oilaviy poliklinikasi yangi binoga ko‘chishi munosabati bilan uning amaldagi binosi Yashnobod tuman xalq ta’lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, tumandagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari «Zamonaviy mahalla» loyihasiga kiritilmoqda.
Joriy oyning 20 iyuniga qadar qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter