Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Captiva urib yuborgan odam voqea joyida jon berdi

Toshkentda Captiva urib yuborgan odam voqea joyida jon berdi

Foto: YHXB

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Captiva urib yuborgan piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgani haqida YHXB xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 8-iyunda, soat 00:10 larda Yashnobod tumanining «Do‘stobod» MFY Sultonali Mashhadiy ko‘chasi 216-uy qarshisida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan (erkak) K.S. Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1985 yilda tug‘ilgan piyoda — E.X.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida tan jarohatlari olgan piyoda voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring