Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 3 noyabr kuni soat 10:40 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on 3-berk ko‘chasi 163-uyda joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

FVV xabariga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa ro‘y bergan hududga soat 10:45 da yetib borgan. Soat 11:24 da yong‘in qurshab olinib, soat 11:54 batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jaroxati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. 

Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring