Aeroportlarda «yashil» va «qizil» yo‘lak (koridor)lar ishga tushirilmoqda

Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportidagi «yashil» va «qizil» yo‘laklar
Toshkent va boshqa shaharlar aeroportlarida 1 yanvardan ikki yo‘lak (koridor) tizimi ishga tushdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mitaning rasmiy saytida poytaxt aeroportidagi 2018 yil 1 yanvardan ishga tushadigan «yashil» va «qizil» yo‘lak (koridor)lar suratlari e’lon qilindi. Xabarda qayd etilishicha, birinchilardan bo‘lib Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida ushbu tizim ishga tushgan. Shuningdek, Termiz aeroportida ham ikki koridor faoliyatini boshlagan.

Endilikda mamlakat xalqaro aeroportlarida jismoniy shaxslar notijoriy maqsadlar uchun tovarlarni deklaratsiya qilish shakllari sifatida bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun «yashil» va «qizil» koridorlardan birini tanlashlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yo‘lovchilarga tushunarli va qulay bo‘lishi uchun Davlat bojxona qo‘mitasi ikki koridor to‘g‘risida batafsilroq ma’lumot beruvchi videorolik ham tayyorlagan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter