«Yashil» elektr energiyasini tarmoqqa sotuvchilar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkin
Oliy Majlis Quyi palatasida deputatlar «Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni jadallashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ham ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Majlisda qonun loyihasi bilan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasidan olinadigan daromadlarni foyda solig‘idan ozod etish taklif etilmoqda.
Bunda, masalan, quyosh panellarining o‘zini o‘rnatgan va o‘z iste’molidan tashqari tarmoqqa ham uzatgan jismoniy yoki yuridik shaxs 3 yilgacha soliq imtiyoziga ega bo‘ladi. Xuddi shunday holatda quyosh panelini, bir vaqtning o‘zida akkumulyatori bilan birga o‘rnatsa, soliq imtiyozi 10 yilgacha berilmoqda.
Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter