Yaponiyaning yangi imperatori toju-taxti Tokioga ko‘chirildi (video)

Yaponiyaning yangi imperatori toj kiyish marosimida ishlatadigan maxsus imperator toju-taxti Kyoto shahridan Tokioga keltirildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.
Shahzoda Naruxito ayni paytda imperator bo‘lib turgan otasi Akixito taxtdan tushadigan kun, ya’ni 2019 yil 1 may kuni Yaponiyaning yangi imperatori bo‘ladi.
58 yoshli Naruxito dunyodagi eng qadimiy monarxiyalardan bo‘lgan Yaponiyaning 126-imperatori sifatida toj kiyadi.
6.5 metrli tojni oxirgi marta 1990 yili Akixito kiygan edi. O‘shandan beri bu toj Kyoto saroyida saqlanayotgan edi.
Muhtasham toj Tokioga keltirilib ta’mirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter