Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyalik olim o‘zbek tili bo‘yicha darslik yaratdi

Yaponiyalik olim o‘zbek tili bo‘yicha darslik yaratdi

Yaponiyada o‘zbek tili bo‘yicha darslik nashr etildi. 160 sahifadan iborat kitob lotin yozuvida chiqarilgan. Ushbu qo‘llanma o‘zbek tilini boshlovchilarga grammatika asoslarini o‘zlashtirishi uchun 20 ta boshlang‘ich darajadagi darslarni o‘z ichiga olgan, deb «Rodrobno.uz» xabar bermoqda «Dunyo» nashriga tayanib.

Darslik muallifi Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Sinsuke. Uning fikricha, o‘quvchilar darslikdagi barcha darslarni tugatgandan so‘ng, ular O‘zbekistonga tarjimonsiz sayohat qilishlari va biznes tashriflarini amalga oshirishlari mumkin.

Og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun esa Xidaka Sinsuke audio darslarni tayyorladi.

Ushbu nashr yaqin kunlarda, ya’ni 29 yanvarda sotuvga chiqariladi.

Ma’lumot uchun, Xidaka Sinsuke 2007 yildan beri o‘zbek tilini o‘rganmoqda. 2014-2016 yillarda O‘zbekiston fanlar Akademiyasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va «O‘zbekiston-Yaponiya» markazida yapon tilidan dars bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring