Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi zilzila oqibatida tezyurar poyezd izdan chiqib ketdi

Yaponiyadagi zilzila oqibatida tezyurar poyezd izdan chiqib ketdi

Foto: EPA

Yaponiyaning Tinch okeani sohillarida yuz bergan 7,3 balli kuchli zilzila haqida xabar bergandik. Yer qimirlashi mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy prefekturalarida sezilgan. Epitsentri 60 kilometr chuqurlikda joylashgan.

NHK telekanali Toxoku liniyasida «Sinkansen» tezyurar poyezdi izdan chiqib ketgani haqida xabar berdi. Poyezdda 100 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan: hech biri jarohatlanmagan, barchasi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Yaponiya poytaxti Tokioda zilzila to‘lqinsimon tebranishlarni hosil qilgan.

Yaponiya OAV xabarlariga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida «Fukusima-1» va «Fukusima-2» AESda nosozliklar yuz bermadi.

Sunami xavfi o‘tib ketdi. Miyagi prefekturasi sohillariga taxmin qilingan 1 metrlik o‘rniga 20 santimetrlik suv to‘lqinlari yetib keldi.

Zilzila oqibatlari va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring