Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada o‘smirlar o‘limi ko‘paydi

Yaponiyada o‘smirlar o‘limi ko‘paydi

Foto: Unsplash

Yaponiyada 2024-yilda 529 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi — bu kuzatuvlar tarixidagi eng yomon ko‘rsatkich, deb xabar berdi South China Morning Post hukumat ma’lumotlariga asoslanib.

Asahi gazetasi yozishicha, Yaponiya G7 mamlakatlari orasida o‘z joniga qasd qilish — o‘smirlar orasida asosiy o‘lim sababchisi bo‘lgan yagona mamlakatga aylandi.

Asosiy sabablar — stress, o‘qishdagi muammolar, tenqurlar bilan nizo va kelajakdan xavotir. O‘lim holatlarining yarmidan ko‘pi shu omillar bilan bog‘liq. Qolgan holatlarda depressiya (ruhiy tushkunlik) va salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolar, 20 foizida oiladagi nizolar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Maktab o‘quvchilari orasida o‘lim holatlari ko‘payishiga aks o‘laroq, mamlakatda o‘z joniga qasd qiluvchilar umumiy soni qisqargan. 2024-yilda 20 320 ta shunday holat qayd etildi, ya’ni bir yil oldingidan 1 517 ta kam yoki 1978-yildan buyon eng past ko‘rsatkich. Kattalar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish moliyaviy qiyinchiliklar va oilaviy muammolar bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring