Yaponiyada boquvchisiga hujum qilgan noyob yo‘lbars afv etildi
Yaponiyaning «Hirakava» hayvonot bog‘ida boquvchisiga hujum qilgan «Riku» ismli yo‘lbars afv etildi, deya xabar beradi «Hurriyet.com.tr» nashri.
«Riku» hujum qilgan 40 yoshli Akira Furusho zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan.
Hayvonot bog‘i mutasaddilari marhumning oila a’zolari talabiga binoan jonivorni afv etishdi.
Kagoshima shahridagi hayvonot bog‘ida parvarishlanayotgan 5 yoshli «Riku» oq yo‘lbars sifatida noyob jonivorlar turiga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter