Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya tarixidagi eng yirik kokain kontrabandasi fosh qilindi

Yaponiya tarixidagi eng yirik kokain kontrabandasi fosh qilindi

Foto : «EADaily»

Iokogama shahri bojxona xizmati mamlakat tarixidagi eng yirik — 700 kilogrammlik kokain kontrabandasini fosh etdi. «Kyodo» agentligi giyohvand moddalar portda turgan kemadan topilganini yozmoqda.

Kokain konteynerlardan birida, bananlar uchun mo‘ljallangan qutilar orasidan chiqqan. Kema ekipaji taqiqlangan moddaga daxldorligini rad etmoqda. Kema Iokogamaga qayerdan suzib kelgani xabar qilinmagan.

Mutaxassislar qo‘lga olingan partiya qiymatini «qora bozor kursi»da 14 mlrd iyena (130 mln. dollar)ga baholashdi.

Yaponiya politsiyasi ikki xil taxminni ilgari suryapti: birinchisi, bu yirik xalqaro kontrabanda guruhining ishi, ikkinchisi, yuk Yaponiya uchun mo‘ljallanmagan, uni manzilga yetkaza olishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring