Yaponiya Janubiy Koreyaga norozilik bildirdi

Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Tokio o‘ziniki hisoblovchi Takesima orollari yaqinida janubiy koreyalik olimlar okeanografik tadqiqotlar o‘tkazganiga norozilik bildirdi.
Yapon dengizida joylashgan Takesima orollari (Janubiy Koreya uni Tokto deb nomlagan) Tokio va Seul o‘rtasidagi bahsli hudud sanaladi.

Bu bahsli hududlarni Yaponiya o‘z tarkibiga XX asr boshlarida qo‘shib olgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng orollar Janubiy Koreya ixtiyoriga o‘tdi. Tokio hanuz orollar Seul tomonidan noqonuniy bosib olingan, deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter