Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yapon me’mori Arata Isodzaki 91 yoshida vafot etdi. U qurgan binolar (foto)

Yapon me’mori Arata Isodzaki 91 yoshida vafot etdi. U qurgan binolar (foto)

Yaponiyalik arxitektor Arata Isodzaki 91 yoshida vafot etdi. Isodzaki Pritsker mukofotini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan yapon me’mori, mashhur Kenzo Tangening shogirdi edi. 2019-yilda o‘zi ham ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

Isodzakining uslubiga Xirosima fojiasi katta ta’sir o‘tkazgan: atom bombasi tashlangan shaharda nimalar bo‘lganini bolaligida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan — uncha olis bo‘lmagan Oitada yashagan.

Uning binolari metabolizm va postmodernizm uslublarida qurilgan.

Isodzakining yorqin ishlari:

«San Jordi saroyi (ko‘p maqsadli sport arenasi). Barselona, Ispaniya.

«Pala Alpitur» (ko‘p maqsadli sport-konsert saroyi). Turin, Italiya.

Manggxa yapon san’ati va texnikasi muzeyi. Krakov, Polsha.

Milliy anjumanlar markazi. Doha, Qatar.

Isodzaki Atea egizak minoralari. Bilbao, Ispaniya. 

Fan va sanoat markazi (COSI). Kolambus, Ogayo, AQSh. 

Madaniyat markazi. Shenchjen, Xitoy.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring