Yanvarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, asosiy turdagi deyarli barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshgan.
Narxlarining o‘sishi borasidagi yetakchilik meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi: oy davomida o‘rtacha 8,3 foizga qimmatlashish.
Keyingi o‘rinni spirtli ichimliklar mahsulotlari (3,7 foiz) egallagan.
Alohida guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlari indeksini quyida ko‘rish mumkin:

2019-yil yanvar oyida ham asosiy turdagi non mahsulotlari narxlari qimmatlashishda davom etdi:
- un, non va non mahsulotlari, guruch, yorma va dukkakli mahsulotlar narxlari oy davomida 0,2 % dan 3,7 % oralig‘ida qimmatlashdi.
Oy davomida bug‘doy uni narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (6,9 %) va Surxondaryo viloyatida (5,5 %) sezilarli darajada qimmatlashganligi kuzatilgan bo‘lsa, minimal sur’atda oshganligi esa Xorazm viloyatida qayd etilgan (0,6 %). Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi narxlar oy davomida o‘zgarishsiz qolgan.
Oliy navli bug‘doy unidan non narxlari uch hududda oshgan: bular, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (13,3 %), Surxondaryo viloyati (9,6 %) va Toshkent shahrida (13,1 %). 1-navli bug‘doy unidan non narxlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (1,2 %), Surxondaryo (6,6 %) va Farg‘ona (5,0 %) viloyatlarida qimmatlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter