Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingdan ortiq dorixonalarda narxlarni asossiz oshirganlik holatlari aniqlandi

Mingdan ortiq dorixonalarda narxlarni asossiz oshirganlik holatlari aniqlandi

Respublika hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, bu boradagi qonunbuzilishlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (228 ta dorixona) hamda Samarqand (182 ta dorixona) va Toshkent (134 ta dorixona) viloyatlari kuzatilgan bo‘lsa, eng kami Surxondaryo viloyatida (18 ta dorixona) qayd etilgan.

Raqobat qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yuqoridagi hududlarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 mlrd. so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish choralari ko‘rilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring