Yangiyo‘lda 8 yashar qizni olib ketmoqchi bo‘lgan begona shaxs qidirilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda «Yangiyo‘l shahrida 8 yashar qizni begona shaxslar olib ketmoqchi bo‘ldi» sarlavhasi ostida video xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB izoh berdi.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat Yangiyo‘l shahar IIB va prokuratura nazoratiga olingan va surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Asosiysi, o‘quvchi qiz sog‘lom va ota-onasi yonida. Maktabda darslarda ishtirok etmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 29-yanvar kuni 12-10larda Yangiyo‘l shahrida yashovchi 2013-yilda tug‘ilgan, 1-sinf o‘quvchisi S.A. darsini tugatib maktabdan chiqqan vaqtida, uning yoniga noma’lum shaxs kelgan va u bilan suhbatlashgan. Unga shirinlik olib berishini aytib, qo‘lidagi maktab sumkasini olib birgalikda bozor tomonga harakatlangan.
Ular biroz yo‘l yurgandan keyin qizaloq u bilan ketmasligini aytib, xarxasha qilib yig‘lay boshlagandan. Shundan so‘ng u qizga maktab sumkasini qaytarib bergan va o‘zi yo‘lda davom etgan. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video xabarlarda ham aks ettirilgan.
Holat yuzasidan kelib tushgan xabarga asosan shahar IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari boshlangan.
Surushtiruv davomida qizning ota-onasi video tasvirda aks etgan shaxsni tanimasligini ma’lum qilgan.
Hozirda ushbu shaxsning kimligini aniqlash va holatga huquqiy baho berish yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter