Toshkentdagi Yangihayot tumaniga hokim tasdiqlandi

Bugun Yangihayot tumani Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada Inog‘omov Hayot Ilyasovich tuman hokimligiga nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
Hayot Inog‘omov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan.
Shu paytga qadar Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter