Toshkentda 1966-yildan beri asfalt yotqizilmagan ko‘chalar obod qilindi (foto)
Bugungi kunda Yangihayot tumanidagi ko‘plab mahalla ko‘chalari obod qilinmoqda. Jumladan, bosqichma-bosqich ravishda shu vaqtga qadar “Choshtepa”, “Chortoq” mahallalarining bir necha ko‘chalariga asfalt yotqizildi.
Hozirda esa Yo‘ldosh mahallasining Mardlik 1-tor va 2-tor ko‘chalariga 10 ming kv.metr asfalt yotqizildi. Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘cha so‘nggi marta 1966-yilda asfalt qilingan.
Shuningdek, ayni kunlarda Xushnud mahallasining Soy bo‘yi ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra, 600 kv.metr hudud asfaltlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter