Yangi Zelandiyada mushuk boqish taqiqlanadi
Yangi Zelandiyaning Omai okrugi hokimiyati atrof-muhitni asrash maqsadida aholiga mushuk boqishni taqiqlamoqchi. Jonivorlarning egalari tabiatga hayvonlardan ko‘ra insonlar va mashinalar ko‘proq zarar yetkazishini ta’kidlab, bu qarorga qarshi chiqmoqda.
Mahalliy hokimiyatning fikricha, mushuklar Omaidagi noyob hayvonlar, kamyob qushlarning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Hokimiyat tuman aholisi boqayotgan har bir mushukni sterillab, chip o‘rnatib, ularni maxsus ro‘yxatga kiritib qo‘ymoqchi.
«Hozir Omaida yashayotgan mushuklarga hech nima xavf solmayapti. Ammo ular o‘lgach, ularning egalari yangi jonivor boqishi mumkin emas»,- deydi tabiatni qo‘riqlash mahalliy fondi rahbari Jon Kollinz.
Mazkur taklif oktyabrga qadar muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter