Yangi yil kechasi Toshkent metrosi 01:00gacha ishlaydi
Yangi yil bayrami munosabati bilan, bayram kechasida metropoliten faoliyati soat 01:00 ga qadar tashkillashtiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.
2018 yil 31 dekabr soat 22:00 dan 2019 yil 01 yanvar soat 01:00 gacha bo‘lgan poyezdlar oralig‘i:
- Chilonzor liniyasida - 4 daqiqa,
- O‘zbekiston liniyasida - 5 daqiqa,
- Yunusobod liniyasida - 6 daqiqani tashkil etadi.
Avvalroq 31 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimi 1 soatga uzaytirilgani haqda xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter