Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi

Yangi ipoteka dasturi Toshkent viloyatidan boshlanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Zoyir Mirzayev o‘z taqdimotida aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasiga ham to‘xtaldi.

Bir kishiga uy-joy bilan ta’minlash darajasi respublika darajasidan pastligicha qolayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga:

- kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so‘m subsidiya ajratish;

- Zangiota tumanida «Yangi O‘zbekiston» massivini qurish bo‘yicha taklif kiritish;

- Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo‘l shaharlarida 19 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan ta’minlash chorasini ko‘rish topshirildi.

Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan kelgusi yildan «Mening birinchi uyim» yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash taklif qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring