Yangi iPhone SE 19-fevralda taqdim etiladi

Apple kelgusi haftada yangi qurilmasini taqdim etadi. Katta ehtimol bilan bu yangi iPhone SE bo‘lishi mumkin.
Yangi qurilma taqdimoti haqida Apple bosh direktori Tim Kuk X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Oilaning yangi a’zosini kutib olishga shaylaning», — deb yozdi Tim Kuk.
Qurilma taqdimoti 19-fevral kuni o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter