Yangi haftada bizni qanday ob-havo kutayotgani ochiqlandi

Gidrometeorologiya markazi yurtimizda ushbu hafta qanday ob-havo kutilishini ma’lum qildi.
Bugun respublika hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14° iliq bo‘ladi.
Seshanba va chorshanba kunlari Qozog‘iston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekistonning harorat foniga ta’sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 9-14° iliq atrofida saqlanib turadi.
Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-17° iliqqacha ko‘tariladi.
8-dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tuman tushishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter