Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir qator mansabdor shaxslar qo‘lga olindi

Yana bir qator mansabdor shaxslar qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Hokimlar, soliq qo‘mitasi mas’ullari, hokim o‘rinbosari... Bir nechta yuqori lavozimli shaxslar qo‘lga olingani ma’lum qilindi.

Soliq qo‘mitasining soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari, Soliq qo‘mitasi QQS boshqarmasi ma’muriyatchiligi boshqarmasi QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i va Toshkent shahri Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar sho‘’basi sobiq rahbari qo‘lga olindi. Ular noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini yashirganlikda gumon qilinmoqda.

Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida ushlangan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev jinoyat ishida gumonlanmoqda. U budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida qo‘lga olingan. Hokimga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Buxoro tumani hokimi Xayrillo Jo‘rayev hibsga olindi. U mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda yer berish tartibini buzish moddalari bilan ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingani xabar qilingandi.

Bugun, 19 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Toshkentga keladi. Martabali mehmon poytaxtimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring