Yana bir partiya AstraZeneca olib kelindi
Bugun, 14 avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi olib kelindi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, hozirgacha O‘zbekistonga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetdi. Ulardan:
- 370 000 dozasi SPUTNIK V;
- 986 480 dozasi AstraZeneca;
- 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter