Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Yana bir hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Videodan kadr

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlayotgan mas’ul qo‘lga tushdi.

Ma’lum qilinishicha, u o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga yengil tipdagi savdo do‘koni o‘rnatishi uchun mahalla hududidan 5 sotix yer maydoni ajratish bo‘yicha tavsiya berishni va yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirishni va’da qilgan.

Buning evaziga tadbirkordan 35 ming AQSh dollari olgan vaqtda huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Avvalroq Toshkent tumanidagi «Zarbdor» MFYda ishlagan hokim yordamchisi 30 ming AQSh dollari olayotganda ushlangandi. Shuningdek, Surxondaryo va Namanganda ham hokim yordamchilari qo‘lga olingandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz hududlarida «hokim yordamchilari» shu yilning yanvarb oyidan boshlab rasman faoliyatini boshlashgandi

«Ularning asosiy vazifasi – o‘z mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rni yaratish,  kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini ko‘paytirishdan iborat.

Buning uchun, hokim yordamchilari har qanday byurokratiyadan xoli bo‘lishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan «ko‘mib tashlamasligi» lozim.

Hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak», – degandi davlatimiz rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring