Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatildi. Bu O‘zbekiston uchun 142-mamlakat

Yana bir davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatildi. Bu O‘zbekiston uchun 142-mamlakat

2022-yil 10-oktyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommunike imzolandi.

Shu tariqa Gayana Kooperativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 142-davlat bo‘ldi.

Ikki davlat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Gayana Kooperativ Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Karolayn Rodriges Birket imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring